• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Bank sohasida operativ risklarni boshqarish boʼyicha xalqaro mahorat darsi

2025-yil 14-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Xalqaro bank ishi fakulьteti tashabbusi bilan bank sohasi mutaxassislari uchun “Bank sohasida operativ risklarni boshqarish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 

Ushbu tadbir bank-moliya sohasidagi professional bilim va koʼnikmalarni mustahkamlash, xorijiy tajriba bilan oʼzaro axborot almashish, akademik muhit va soha mutaxassislari oʼrtasida amaliy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida oʼtkazildi.

Mahorat darsi doirasida xalqaro moliya muassasalarida keng amaliy tajribaga ega mutaxassis, risk-menejment sohasida yetuk ekspert Muratbek Sыgaybaev maxsus maʼruza taqdimoti bilan ishtirok etdi. Maʼruzachi tomonidan zamonaviy bank amaliyotida risklarni boshqarish, ichki nazorat tizimini kuchaytirish va biznesning barqarorligini taʼminlash mavzusida amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, maʼruzada zamonaviy bank tizimlarida uchraydigan asosiy operatsion xatarlar, ularning kelib chiqish omillari va ularni kamaytirish yoʼllari atroflicha tahlil qilindi.Ichki nazorat va xavfsizlik tizimlarini shakllantirish, biznes-jarayonlarning uzluksizligini taʼminlash, axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish, shuningdek, bank sohasida firibgarlik holatlarining oldini olishga doir xalqaro tajriba va ilgʼor yondashuvlar bilan ishtirokchilar yaqindan tanishtirildi.

Mahorat darsida risklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish boʼyicha zamonaviy vositalar, avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanishning samaralari, shuningdek, tashkilotlararo koordinatsiyani yaxshilashga doir tavsiyalar ham taqdim etildi. Аmaliy misollar asosida olib borilgan muhokamalar ishtirokchilarning qizgʼin savollari va faol ishtirokida oʼtdi.

Аlohida qayd etish kerakki, Аkademiya rahbariyati tomonidan bu kabi amaliy uchrashuvlar va mahorat darslari doimiy ravishda tashkil etilib borilishi belgilangan boʼlib, ular orqali moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, xatarlarni samarali boshqarish va zamonaviy biznes talablariga mos kadrlar tayyorlashga xizmat qiluvchi ilgʼor bilimlar tarqatilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.