Bank-moliya akademiyasida Malayziyaning Utara universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma seminar o‘tkazildi
Mazkur tadbir ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro ta’lim aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish va strategik boshqaruv sohasidagi ilg‘or bilimlarni o‘rtoqlashish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda “Strategik yetakchilik: Biznes muvaffaqiyatiga yo‘l” va “Keng ko‘lamli tasavvur va strategik yo‘nalish yaratish” mavzulari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar strategik yetakchilik nazariyalari, korporativ rivojlanishda samarali boshqaruv tamoyillari, kelajakni oldindan ko‘ra bilish, tashkilotda barqaror yo‘nalish va missiyani shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajriba asosida fikr almashdilar.
Seminar davomida Utara universiteti professor-o‘qituvchilari va Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari, doktorantlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Akademik muloqot, interaktiv savol-javoblar va muhokamalar orqali seminar ishtirokchilari strategik fikrlash, transformatsion yetakchilik, biznes muhitda uzoq muddatli muvaffaqiyat omillari haqida amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur seminar ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari, xususan, "Master of Business Administration" va "Master in Business Management" kabi magistrlik yo‘nalishlaridagi ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.