Bank-moliya akademiyasida raqamli iqtisodiyot bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 9-yanvar kuni Bank ishi kafedrasi tashabbusi bilan “Raqamli iqtisodiyotda hisob-kitob tizimini xalqaro amaliyot asosida takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Markaziy bankning To‘lov tizimlari departamenti boshqarma boshlig‘i Xushvaqt Azizov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Mazkur mahorat darsida ma’ruzachi xalqaro tajriba asosida raqamli iqtisodiyotda hisob-kitob tizimlarini samarali tashkil etish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar va zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, xalqaro to‘lov tizimlarining ilg‘or amaliyoti, xavfsizlikni ta’minlash texnologiyalari va raqamli tranzaksiyalarni avtomatlashtirish masalalarini keng yoritib berdi.
Dars davomida ishtirokchilar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida hisob-kitob tizimlarining o‘rni, iqtisodiy jarayonlarning tezkorligi va shaffofligini oshirishda zamonaviy to‘lov texnologiyalarining ahamiyati haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida mahorat darsi ishtirokchilari tomonidan mavzu bo‘yicha qiziqarli savollar berilib, amaliyotdagi muhim jihatlar bo‘yicha fikr almashildi. Ushbu mahorat darsi tinglovchilarga raqamli iqtisodiyotda hisob-kitob tizimlarini takomillashtirish yo‘nalishida chuqur bilim va yangi ko‘nikmalarni shakllantirishda katta yordam berdi.