• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Hurmatli hamkasblar, do‘stlar va vatandoshlar!

Hurmatli hamkasblar, do‘stlar va vatandoshlar!

Yana bir unutilmas yilni ortda qoldirib, 2025-yilning yangi sahifasini ochish arafasidamiz. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, Sizlarni Yangi yil bilan chin yurakdan tabriklayman!

O‘tgan yil davomida barcha sohalarda erishgan yutuqlarimiz va birgalikda qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Kelajakda ham ulkan maqsadlarga erishish yo‘lida birlashib, yangi marralarni zabt etishda davom etamiz.

2025-yil har birimiz uchun baxt, tinchlik va baraka olib kelsin! Yangi imkoniyatlar eshigini ochib, kuch-g‘ayratimizni oshiradigan ilhom manbaiga aylansin. Oilangiz va yaqinlaringiz sog‘-salomat, dilingiz hotirjam bo‘lsin.

Yangi yil siz uchun yangi yutuqlar va yorqin kunlarning boshlanishi bo‘lsin!

Yangi yil muborak bo‘lsin!

 

Hurmat bilan,

Elmurod HOSHIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori