• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

BMA va UUM rasmiylari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

2025-yil 8-yanvar kuni Bank-moliya akademiyasi rektori hamda Malayziyaning Utara universiteti (UUM) dekani, professor Hassan Abu Bakar o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tajriba almashish va strategik masalalarni muhokama qilindi.

Muloqot davomida tomonlar universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida o‘z fikrlarini bildirib, xalqaro tajriba asosida o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar. Shuningdek, oliy ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarga mos ravishda o‘quv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi. Global ta’lim tarmoqlarida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida tomonlar kelgusida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va talaba hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Global ta’lim bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun birgalikdagi marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarining muhim jihatlari bo‘yicha o‘zaro vazifalarni belgilab oldilar.

Eslatib o‘tamiz, bugungu kunda Bank-moliya akademiyasi hamda Utara universiteti hamkorligida qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu qo‘shma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganlar MBA – Master of Business Administration (BMA) va MBM — Master in Business Management (UUM) mutaxassisliklari bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘ladilar.