Konstitutsiyamiz 32 yoshda
2024-yil 6-dekabr kuni Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiyamiz 32 yoshda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Akademiya rektori Elmurod Hoshimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Barotova va boshqalar so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyati, uning huquqiy demokratik tamoyillari hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi o‘rni haqida gapirib o‘tdilar. Konstitutsiya asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy adolatni ta’minlash yo‘nalishidagi o‘zgarishlarga to‘xtaldilar.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yo‘llab, Konstitutsiyaga oid bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun esda qolarli va ma’rifiy ruhda o‘tdi.