• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Bank-moliya akademiyasida ACFP vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi (ACFP Uzbekistan) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda moliya sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, milliy va xalqaro sertifikatlashtirish jarayonlarini takomillashtirish hamda moliya mutaxassislarini tayyorlashda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Akademiya rektori Elmurod Hoshimov ACFP vakillarini qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashishdagi ahamiyatli yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirdi. O‘z navbatida ACFP vakillari moliyaviy savodxonlikni oshirish, malaka oshirish kurslari va xalqaro darajada e’tirof etilgan sertifikat dasturlari haqidagi tafsilotlarni bayon qildilar.

Uchrashuv davomida tomonlar qator dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar va kelgusida hamkorlik doirasida amaliy qadamlarni belgilab olishga kelishib oldilar.