• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

BMA magistratura dasturlarini akkreditatsiya standartlariga moslashtirish masalasi muhokama qilindi

Bugun, 15-oktabr Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Almata menejment universiteti oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan Akademiyani xalqaro BGA akkreditatsiya o‘tkazish jarayonlariga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlik shartnomasining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan BMA o‘quv dasturlarini xalqaro sifat standartlariga muvofiq takomillashtirish va ta’lim jarayonining global standartlarga mosligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Unda BGA akkreditatsiyasining xalqaro akademik sohadagi ahamiyati va keltiradigan foydalari; Akademiya tomonidan taqdim etilayotgan magistratura dasturlarini akkreditatsiya standartlariga moslashtirish; talabalarning bilim darajasi va malaka ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan dasturlarni joriy etish; ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmlarini mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish; BGA akkreditatsiyasi doirasida xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar davomida BGA akkreditatsiyasining afzalliklari, akademik dasturlarni optimallashtirish jarayonlari va xalqaro talablar bo‘yicha qo‘llaniladigan metodologiyalar keng muhokama qilindi. Xususan, Almata menejment universiteti vakillari BMAga o‘z tajribalarini ulashib, BGA akkreditatsiyasiga muvaffaqiyatli tayyorlanish uchun zarur qadamlar bo‘yicha maslahatlar berdi.

Qayd etildiki, xalqaro akkreditatsiyaga erishish Akademiyaning raqobatbardoshligini oshirishi, xalqaro miqyosda tan olinishi va bitiruvchilarining kasbiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin kelajakda xalqaro akkreditatsiyaga erishish uchun qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib oldilar. Mehmonlar Bank-moliya akademiyasining kompusi va o‘quv jarayonlari bilan tanishtirildi.

Mazkur muzokaralar hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi va kelgusi loyihalar doirasida muvaffaqiyatli natijalarga erishish uchun zamin yaratdi.