Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy tendentsiyalari bo‘yicha mahorat darsi
Bugun, 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkaziladi.
Unda Praga menejment va texnologiyalar instiruti professori Umar Burxonov ma’ruza bilan ishtirok etib, ishtirokchilar e’tiboriga xalqaro biznes landshaftini shakllantirayotgan so‘nggi jahon moliyaviy tendentsiyalari, texnologik yutuqlar va iqtisodiy siyosatlar haqidagi taqdimotni havola qildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar rivojlanayotgan bozorlarda iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari, raqamli moliyaning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va global savdo dinamikasining o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar va imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, global moliyaviy tizimlar evolyutsiyasi, geosiyosatning iqtisodiy siyosatga ta’siri va blokcheyn kabi rivojlanayotgan texnologiyalar haqida o‘z nuqtai nazarlari bilan o‘rtoqlashib, ma'ruzachidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javob oldilar.