• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Xalqaro ekspertlar ishtirokida navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi

Bugun, 10-oktabr kuni Bank-moliya akademiyasi hamda Ernst&Young Akademy (Qozog‘iston) hamkorligida “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari” mavzusidagi mahorat darsi tashkil etildi.

Ushbu mahorat darsi moliyaviy xodimlar, auditorlar va boshqaruv mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlarga mos tarzda tuzish va tahlil qilish imkoniyatini bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida amaliyotchi mutaxassislar tomonidan Xalqaro buxgalteriya standartlari – IAS 16, IAS 18, IAS 37, Barqaror rivojlanish sohasida moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilish uchun umumiy talablar – IAS S1, Iqlim bilan bog‘liq ma’lumotlar – IAS S2 bo‘yicha ma’ruzalar taqdimot qilindi.

Ishtirokchilar interaktiv tarzda o‘tgan mahorat darsi davomida hisobot standartlari bo‘yicha yangiliklar va o‘zgarishlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha atroflicha ma’lumot oldilar.