Budjetdan xotin-qizlar uchun kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi
Avval xabar qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-sonli qaroriga muvofiq, magistratura bosqichida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjeti hisobidan qoplanishi masalasida vakolatli davlat idoralariga Bank-moliya akademiyasi tomonidan murojaat yo‘llangan edi.
Hukumat tomonidan ushbu murojaat ko‘rib chiqilib, xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplanishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ayni vaqtda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat budjeti hisobidan qoplab berilganini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Axborot xizmati