Xotin-qizlarga kontrakt to‘lovlari davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi
Avval xabar qilganimizdek, Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish amaliyotini davom ettirish masalasida mutasaddi idoralar bilan muloqotlar olib borilayotgani va uning natijasi haqida rasmiy ma’lumot berilishi haqida ma’lum qilgan edik.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-sonli qaroriga asosan Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun kontrakt to‘lovlari belgilangan tartibda davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Axborot xizmati