Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjat topshirgan abituruyentlar diqqatiga
2023/2024-o‘quv yili uchun Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish jadvali tasdiqlandi.
Test sinovlari o‘tkazilish joyi: Toshkent, Yunus-obod tumani, ko'chasi BOGISHAMOL, 12
Test sinovlari o‘tkazilish vaqti: 2023-yil 12-13-sentabr soat 8:00 va 14:00
Nomzodlar ushbu havola orqali test sinovlarida ishtirok etish vaqtlari bilan tanishishlari mumkin.
Eslatma! Testga qatnashadigan har bir talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID) bilan soat 08:00 va 14:00 da kelishlari talab etiladi. Shuningdek, tinglovchilardan ortiqcha buyumlarni (telefon, sumka, bloknot, ruchka va h.k.) olib kelish taqiqlanadi.