Yangiliklar

image

Kafedralararo ilmiy seminarda navbatdagi ilmiy ish muhokama qilindi

Seminarda Akademiya doktoranti Akramov Farxod Artikbayevichning 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Soliq xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Kafedralararo ilmiy seminar bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tadqiqot ishining ilmiy sifatini oshirishga qaratilgan maslahatlar berildi.