• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Investitsiyalar va kapital bozori

Investitsiyalar va kapital bozori

Investitsiyalar va kapital bozori kafedrasi mudiri: Iroda Ne’matilloyevna Hamroyeva

Tel.: +998 55 515 54 25

Qabul kunlari: dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha 

E-mail: ikhamroyeva@bfa.uz 

Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16.


Iroda Hamroyeva — investitsiyalar, moliya va loyiha boshqaruvi sohasida yuqori malakali mutaxassisdir.

U ikkita oliy ma’lumotga ega: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi — “Investitsiyalarni boshqarish” yo‘nalishi; Toshkent arxitektura-qurilish instituti — “Qurilishda menejment” yo‘nalishi.

Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega (5304.01 – “Iqtisodiy faoliyat turlari” ixtisosligi bo‘yicha).

Germaniya, Rossiya, Ozarbayjon va Xitoy davlatlarida malaka oshirish va stajirovkalarda ishtirok etib, investitsion va loyiha menejmenti sohasidagi kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini yanada takomillashtirgan.

Hamroyeva I.N. ilmiy faoliyatni amaliy tajriba bilan uyg‘un ravishda olib boradi. 2001–2025 yillar davomida u iqtisodiyotning real sektorida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan — “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ tarkibidagi kompleks iqtisodiy tadqiqotlar bo‘limi iqtisodchisi lavozimidan boshlab, “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ QKda biznes jarayonlari rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimigacha yetgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida quyidagi fanlarni olib boradi: Investitsiya loyihalarini boshqarish, Loyiha moliyasi, Loyihaviy modellashtirish, Tijorat banklarida loyiha moliyasi, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, Korporativ moliya va investitsiya siyosati, Loyiha boshqaruvi, Moliyaviy modellashtirish, Marketing, Loyihalarda sifatni boshqarish, Investitsiya loyihalari va dasturlarini tahlil qilish.

Hamroyeva Iroda Ne’matillonovna — 2 ta monografiya, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 80 dan ortiq ilmiy maqola muallifi bo‘lib, mahalliy va xorijiy nashrlarda chop etilgan. Shuningdek, u 42 ta ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisi sifatida ma’ruzalar bilan qatnashgan.

Orcid ID: 0009-0004-7930-2446

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=RvuFh1EAAAAJ&hl=ru


KAFEDRA HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining “Investitsiyalar va kapital bozori” kafedrasi moliya bozorlari va investitsiyalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan zamonaviy o‘quv va ilmiy markazdir.

“Investitsiyalar va kapital bozori” kafedrasi kapital bozori konyunkturasini tahlil qilish, investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish va dinamik iqtisodiyot sharoitida samarali moliyaviy qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega mutaxassislarni tayyorlaydi.

Akademik fanlar moliyaviy tahlil asoslari va korporativ investitsiyalardan tortib innovatsion fond bozori vositalarigacha bo‘lgan keng doiradagi mavzularni qamrab oladi.

Kafedra bitiruvchilari banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalari, fond birjalari, davlat moliya institutlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.


“Investitsiya va kapital bozori” kafedrasi yo‘nalishlari:

  • 70411202 – Loyiha boshqaruvi (Project Management) mutaxassisligi;
  • 70410502 – Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisligi;

Kafedraning ilmiy salohiyati:

 Asosiy shtat bo‘yicha 100,0 foiz. 


Kafedra professor-o‘qituvchilarining 2025-2026 o‘quv yillariga mo‘ljallangan rejalari:

  • 1 ta o‘quv qo‘llanma;
  • 1 ta monografiya;
  • 6 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etish;

Kafedrada jami 6 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan:

3 nafar PhD dots. (asosiy shtatda)

1 nafar katta o‘qituvchi (asosiy shtatda)


Yakubova Samira Sabitdjanovna — “Investitsiyalar va kapital bozori” kafederasi dotsenti, PhD

Toshkent moliya instituti bitiruvchisi. “O‘zsanoatqurilishbank”da faoliyat boshlagan. Magistratura tinglovchilariga Investitsiyalar, Davlat xususiy sheriklik, Loyihaviy moliyalashtirish, Yashil loyihalarni boshqarish fanlaridan dars beradi. Rossiya, Hindiston, Xitoy, Bolgariya va Qozog’iston davlatlarida malaka oshirgan. Investitsiyalar, davlat xususiy sheriklik va loyihaviy moliyalashtirish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan hamda nufuzli xalqaro jurnallarda  20 dan ortiq maqolalar, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar chop etgan.

E-mail: syoqubova@bfa.uz

Scopus Author ID: 0000-0002-8618-5637

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=E9BSU3YAAAAJ&hl=ru


Axmedov Ulug’bek Qamarbekovich – “Investitsiya va kapital bozori”  kafedrasi dotsenti, PhD.

2008-yil Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti “Buhgalteriya hisobi va audit” yo’nalishini tamomlagan. 2010-yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Buhgalteriya hisobi va audit”  mutahasisligi bo’yicha magistraturani  tamomlagan. 2018-yil Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.

Faoliyati davomida qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, moliya, menejment hamda  kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Nufuzli xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq maqolalar, 20 dan ortiq mahaliy jurnallarda maqolalar chop etilgan, 1 ta o’quv qo’llanma va 2 ta monagrafiya muallifi.

Magistr va bakalavr tinglovchilariga Moliyaviy derivativlar, Moliya bozorlari, institutlar va instrumentlar, moliya bozorlari, Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar fanlaridan dars beradi.

E-mail: ulugbek.udm@mail.com

Scopus Author ID: 0000-0002-6721-5647

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=E29BSU3YAAAAAJJ&hl=ru