• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Moliya

Moliya

Moliya kafedrasi mudiri: Tursunov Jaxongir Pulatovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Tel.:+998 55 515 54 25 (1132)

Qabul kunlari: dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha

E-mail: jtursunov@bfa.uz

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=Y4JEFRwAAAAJ&hl=ru

Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16.


KAFEDRA HAQIDA

“Moliya” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining eng yirik kafedrasi va eng ko‘p mutaxassisligiga ega kafedrasi hisoblanadi. “Moliya” kafedrasi Akademiya Kuzatuv kengashining 2023-yil 25-dekabrdagi 5-sonli bayonnomasi 2-ilovasiga muvofiq “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”, “Soliqlar va soliqqa tortish” va “Sug’urta va risklarni boshqarish” kafedralari negizida tashkil etilgan.


“Moliya” kafedrasida MSc dasturi bo‘yicha quyidagi mutaxassisliklar mavjud:

  • 70410501-Moliya;
  • 70410301-Soliqlar va soliqqa tortish;
  • 70410505-Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish;
  • 70410509-Pensiya fondlarini boshqarish.

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Asosiy shtat bo‘yicha 88,0 foiz.


Kafedraning ilmiy mavzusi:

“Inklyuziv iqtisodiy o‘sish sharoitida zamonaviy moliyaning dolzarb masalalari”


Kafedrada jami 8 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan:

  • 1 nafar fan doktori, professor (asosiy shtatda)
  • 6 nafar PhD., dotsent. (asosiy shtatda)
  • 1 nafar katta o‘qituvchi (asosiy shtatda)

Kafedrada «Hirsh» (h-indeks) 5 va undan yuqori indeksga ega professor-o‘qituvchilar:

i.f.d., prof. J.P. Tursunov, h-index: 5

https://scholar.google.com/citations?user=Y4JEFRwAAAAJ&hl=ru

PhD., dots. R.R. Kuziyev, h-index: 5

https://scholar.google.com/citations?user=nMcg3EQAAAAJ&hl=ru


Professor-o‘qituvchilarning erishgan yutuqlari:

i.f.d., prof. J.P. Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Oliya ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-maydagi 163-son buyrug’iga asosan “Iqtisodiyot fanlari” bo‘yicha Ilmiy-texnik kengash a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar a’zosi.

Rossiya Federatsiyasining “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazilgan “Moliyada tahlil va raqamli transformatsiya” mavzusidagi malaka oshirish dasturida ishtirok etib qaytgan.

Magistratura tinlovchilariga “Davlat moliyasini boshqarish”, “Ijtimoiy sug‘urta”, “Pensiya ishi”, “Davlat maqsadli jamg‘armalar” va “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlaridan dars beradi.

Davlat moliyasi, ijtimoiy ta’minot, pensiya ishi va kambag‘allik bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan va 2 nafar PhD shogirdi himoya qilgan, shuningdek, 4 ta darslik, 2 ta o‘quv qo’llanma, 4 ta monografiya, nufuzli xalqaro jurnallarda 70 dan ortiq maqola va tezislar chop etgan.


Usanov Absalom — “Moliya” kafederasi dotsenti, i.f.n.

i.f.n., dotsent A. Usanov 1996-yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida faoliyat ko’rsatadi.

A. Usanov AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya va boshqa ko’plab davlatlarda malaka oshirgan.

Magistratura tinlovchilariga “Koprorativ soliq menejmenti”, “Moliyaviy tahlil” va “Soliqlar va soliqqa tortish” fanlaridan dars beradi.

Soliq tizimi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan va nufuzli xalqaro jurnallarda 60 dan ortiq maqola va tezislar chop etgan.

E-mail: ausanov@bfa.uz


Kuziyev Ravshan Ramazanovich — “Moliya” kafederasi dotsenti, PhD

Kuziyev R.R. 2004-yilda Toshkent moliya institutining “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini, 2006-yilda esa mazkur institutning “Soliqlar va soliqqa tortish” magistratura mutaxassisligini tamomlagan.

Kuziyev R.R. 2006-2022 yillarda Soliq tizimini turli lavozimlarida ishlagan. Jami 36 ta ilmiy ish, shu jumladan 2 ta monografiya, Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 20 ta maqola, jumladan, 6 tasi xorijiy jurnalda nashr etilgan.

E-mail: ravshankuziev@bfa.uz

WoS Researcher ID: AAA-5503-2021

Scopus Author ID: 56165198600

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=94G8howAAAAJ&hl=en


Pulatova Moxira Baxtiyarovna — “Moliya” kafederasi dotsenti, PhD

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavr bitiruvchisi, Toshkent Moliya instituti magistratura bitiruvchisi (grant asosida). Magistratura tinglovchilariga: Xalqaro moliya institutlari, Xalqaro moliya munosabatlari, Davlat moliyasini boshqarish fanlaridan dars beradi. Rossiya federatsiyasida malaka oshirgan. Korxona moliyasi, tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro moliya va islom moliyasi sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Nufuzli milliy va xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq maqolalar chop etgan. Xalqaro moliya institutlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va Davlat xaridlari bo‘yicha darslik muallifi.

E-mail: mpulatova@bfa.uz

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=om1TA1MAAAAJ&hl=ru


Gulira’no Nosirova Abdulaziz qizi — “Moliya” kafederasi dotsenti, PhD

Toshkent moliya instituti bitiruvchisi. “ALSKOM SUG'URTA KOMPANIYASI”da faoliyat boshlagan. Magistratura tinglovchilariga Sug‘urta ishi, Risk menejmenti, Loyiha risklarini boshqarish, Loyiha boshqaruvi fanlaridan dars beradi. Rossiya, Slovakiya va Germaniya davlatlarida malaka oshirgan. Sug‘urta, loyihaviy boshqaruv va risk menejment yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan hamda nufuzli xalqaro jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar chop etgan.

E-mail: g.nosirova2020@gmail.com

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=H7jrTO4AAAAJ&hl=ru


 

Nomozova Qumri Isoyevna — “Moliya” kafederasi dotsenti, PhD

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Bakalavriyat yo‘nalishi “Buxalteriya xisobi” va magistr akademik darajasi “Sug‘urta ekspertizasi” mutaxasisligini tugatgan.

Magistratura tinglovchilariga: Sug‘urta ishi, sug‘urta bozori va sug‘urta qonunchiligi, Hayot sug‘urtasi, Qayta sug‘urta kabi fanlaridan dars beradi. Nufuzli milliy va halqaro jurnallarida 20 dan ortiq maqolalar, 2 ta monografiya chop etgan. Qayta sug‘urta, Sug‘urta ishi fanlaridan darslik va o‘quv qo‘llanma muallifi.

E-mail:  kumrinomozova@gmail.com

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=oXXeWewAAAAJ&hl=ru

Scopus.com: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59133037300


Shaamirova Surayyo Kabildjanovna — “Moliya” kafederasi Katta o’qituvchisi, PhD

Dunyo reytingida (World QS ranking) top 1000 talikka kiruvchi Turkiyaning Istanbul universiteti va Malayziyaning Xalqaro Islom universitetining (Islom banki va moliyasi instituti) bitiruvchisi (grant asosida).

2024-yil AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun Buxgalteriya va audit) tashkilotining Certified Shariah Advisor & Audit certifikat egasi.

Magistratura tinglovchilariga Islom moliyasi, Islomda loyiha boshqaruvi, islom iqtisodiyoti, Islomiy sug‘urta va Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan dars beradi.

Kanada, Turkiya, Malaysia, Koreya davlatlarida malaka oshirgan.

Islom moliyasi, Islom ijtimoiy moliya, Islom moliya institutlarida moliyaviy injenerlik, Islom kapital bozori sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan va nufuzli xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq maqolalar chop etgan.

E-mail: shaamirova@bfa.uz

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=SVltu9AAAAAJ&hl=en



Bektemirov Muhiddin Shomirza o‘g‘li — “Moliya” kafederasi katta o’qituvchisi

O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi bitiruvchisi. Magistratura tinglovchilariga Islom moliyasida marketing menejmenti, Islomda boshqaruv moliyasi, Islom bank ishi, Islom moliya institutlarida axloqiy va korporativ boshqaruv, Islom banki va boshqaruvi (Islamic Banking and Management) fanlaridan dars beradi. Islom moliya tashkilotlari uchun Buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) ning Sertifikatlangan Shariat maslahatchisi va auditori (CSAA) sertifikati sohibi. Islom moliyasi, islom bankchiligi, menejment sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan va nufuzli xalqaro jurnallarda maqolalar chop etgan.

E-mail: mukhiddin.bektemirov@gmail.com