Kadrlar bo‘limi

Kadrlar bo‘limi

Xodjayeva Sevara Mansurovna - Kadrlar bo‘limi bosjlig‘i

Tel.: +99871 237-54-09

E-manzil: hr@bfa.uz

Raximova Nigora Nemadjonovna - Kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi

Tel.: +99871 237-54-09

E-manzil: hr@bfa.uz


BO‘LIM VAZIFALARI, FUNKSIYALARI VA HUQUQLARI


Kadrlar bo‘limining vazifalari:


  • Kadrlar bo‘limida kadrlar masalalariga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining, Akademiyaning meʼyoriy hujjatlarida belgilangan talablarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek mutasaddi tashkilotlarga xodimlar bilan ishlashga doir masalalar bo‘yicha rejada belgilangan hisobot va maʼlumotlarning tayyorlanishini taʼminlaydi. Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalarining hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda ish yuritadi;
  • Kadrlar bo‘limi akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlariga pensiyalar, kasallik varaqalari hamda turli ijtimoiy nafaqalarni rasmiylashtirishda Kasaba uyushmasi bilan hamkorlik qiladi;
  • Akademiya xodimlarining hisobini yuritish, kadrlar tanlash bilan shug‘ullanadi;
  • Kadrlar bo‘limi boshqa tashkiliy tuzilmalari bilan birgalikda Akademiyaga kerakli mutaxassislik va malakaga ega bo‘lgan, ish saviyasi va uslubi talablariga javob bera oladigan professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan taʼminlashni tashkillashtiradi;
  • Akademiya rahbariyati bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar, xodimlarning professionallik asosida ish yuritishi va maʼnaviy xususiyatlariga ko‘ra tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish ishlarini tashkillashtirish, shuningdek Akademiyada xodimlar bilan ishlash masalasi bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi.

Bo‘limning funksiyalari:


  • professor-o‘qituvchilar va xodimlarni ishga olish, ishdan bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, ularni Akademiya bo‘linmalariga to‘g‘ri taqsimlash, rag‘batlantirish va intizomiy choralarni qo‘llash bo‘yicha rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;
  • professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ish intizomini, Akademiya Ichki tartib qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini nazorat qilish va shundan kelib chiqqan holda ularni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish va intizomiy choralarni qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Akademiya xodimlari va professor-o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini taʼminlash, ularning bevosita respublika va yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda stajirovka o‘tashi va stajirovkaga jo‘natish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
  • ish intizomini yuqori saviyada saqlash va xodimlarning Akademiya ichki tartib qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish;
  • shtatlar jadvalini va xodimlarga tayinlanadigan qo‘shimcha haqlar miqdorini belgilashda bevosita qatnashish va reja-iqtisodiyot bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish;
  • kadrlar masalasi bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan aloqa qilish;
  • kadrlar bo‘limi xodimlarining ishlarini nazorat qilish va kerakli ko‘rsatmalar berish;
  • lavozimlar nomenklaturasini ishlab chiqish va nomenklatura lavozimlarini tegishli maʼlumot hamda ish tajribasiga ega professor-o‘qituvchilar, xodimlar bilan butlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
  • kadrlar hisobini yuritish, Akademiyaga ishga qabul qilinayotgan xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish, mavjud mehnat shartnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
  • Akademiya xodimlariga mehnat daftarchalari va xizmat guvohnomalarini rasmiylashtirish va ularning hisobi yuritilishi ustidan nazorat o‘rnatish hamda mehnat daftarchalarini saqlash. Shuningdek, Akademiyada mazkur ishlarning olib borilishi yuzasidan tegishli nazoratni yo‘lga qo‘yish; 
  • professor-o‘qituvchilar va xodimlar tarkibiga yuqori darajada kasbiy-pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega, ijodiy fikrlaydigan, halol, vijdonli va malakali kadrlarni keng jalb etish bo‘yicha zaxira yaratish, doimiy ravishda yangilash, to‘ldirish;
  • Akademiyada mavjud bo‘sh (vakant) ish joylari bo‘yicha meritokratiya, ochiqlik va mustaqillik tamoyillari asosida Akademiyaning rasmiy veb sayti (ijtimoiy tarmoqlari) orqali eʼlon berish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish;
  • yangi ishga qabul qilingan xodimlarning umumiy ko‘nikma hosil qilishi (adaptatsiya) jarayoniga ko‘maklashish;
  • Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlarini attestatsiya sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, attestatsiya komissiyasi tavsiyalarini ijro etishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
  • Akademiyada xodimlar tomonidan mehnat intizomiga rioya etishlarini taʼminlash, har oyda ishga chiqish tabellarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazoratga olish;
  • tegishliligi bo‘yicha kelib tushgan xatlar, ariza va takliflarni ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda javob xati yozish, zarur hollarda xodimlarning shaxsiy masalalari bo‘yicha o‘zaro suhbatlar o‘tkazish;
  • xizmat hujjatlari, maʼlumotnoma va maʼlumotlarga imzo qo‘yish hamda ularni bo‘lim muhri bilan tasdiqlash;
  • respublikaning turli hududlari va xorijiy xizmat safariga chiqayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlarning hujjatlarini rasmiylashtirish.

Kadrlar bo‘limining huquqlari:


  • bo‘limning zarur darajadagi faoliyati taʼminlanishi uchun zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lish;
  • bo‘lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan kanselyariya buyumlari bilan taʼminlanish;
  • professor-o‘qituvchilar va xodimlar tarkibiga yuqori darajada kasbiy-pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega, ijodiy fikrlaydigan, halol, vijdonli va malakali kadrlarni keng jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • tegishli departament, kafedra va bo‘linmalardan bo‘lim faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni so‘rab olish;
  • akademiya faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining isteʼdodi va bilimini namoyon qilayotgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko‘rsatgan bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
  • akademiya departament, bo‘lim va kafedralari bilan birgalikda jamoa o‘rtasida mehnat intizomi holatini muhokama qilish, Akademiya Ichki mehnat tartibi Qoidalariga rioya etmayotgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rilishi bo‘yicha takliflar kiritish.