Yangiliklar

image

BMA vakillari Janubiy Koreyada bilim va tajribalarini oshirmoqdalar

Bank-moliya akademiyasi vakillari Janubiy Koreyada tashkil etilgan “2024 BFA G-BEX KOREA ORIENTATION” stajirovka dasturi doirasida ishtirok etishni boshladilar.

Handong Global universiteti bilan hamkorlikdagi ushbu loyiha BMA tinglovchilari uchun ilk bor tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi – iqtisodiyot va moliya sohasida ilg‘or bilimlar hamda tajriba almashinuviga qaratilgan.

Jarayonda vakillarimiz Koreyaning global biznes tajribasi, innovatsion boshqaruv usullari va korporativ madaniyati bilan yaqindan tanishishadilar. Shuningdek, safar davomida ishtirokchilar moliya menejmenti, xalqaro savdo, innovatsion texnologiyalar va xalqaro iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarida amaliy bilim va tajribalarni egallaydilar. 

Janubiy Koreya moliya institutlari va kompaniyalariga tashriflar jarayonida bevosita amaliyotni kuzatib, Koreyaning zamonaviy biznes muhitida o‘z tajribalarini oshiradilar.