Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti

Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti

Rahmonov Nuriddin Muhammadjonovich - fakultet dekani o‘rinbosari

Tel.: +99871 237-53-16

El. pochta: deanoffice@bfa.uz


Alimova Zuhra Nosirovna - bosh mutaxassis

Tel.: +99871 237-53-16

El. pochta: deanoffice@bfa.uz


“BOSHQARUV KADRLARINI TAYYORLASH”

fakulteti dekanati to‘g‘risida


Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti dekanati O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi nizom, 1996-yil 17-maydagi 180-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 15-aprel 220-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi   599-son qarori va 2020-yil 8-iyundagi “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 365-son qarorlari asosida faoliyat yuritadi.

Dekanat faoliyati tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tinglovchilarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan  holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi.

Fakultet dekanati Akademiyaning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borilishini ta’minlash, shuningdek kafedralar tomonidan o‘quv jarayonini sifatli tashkil etilishi uchun tegishli sharoitlar yaratadi.

Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti dekanati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ qaror va farmoyishlariga, Akademiya Ustavi, Akademiya Kengashi qarorlari, Akademiya rektorining buyruqlariga hamda mazkur nizomga muvofiq olib boradi.


       BOSHQARUV KADRLARINI TAYYORLASH FAKULTETI DEKANATINING ASOSIY FUNKSIYASI VA VAZIFALARI


  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda yuqori tashkilotlardan keladigan hujjatlarni o‘rganib chiqish va ularning fakultet dekanatidagi ijrosini ta’minlaydi.
  • Fakultet dekanatida o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi.
  • Fakultet dekanatidagi mavjud magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi.
  • Akademiya kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi.
  • Fakultet dekanati boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi.
  • Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoiy, vatanparvar va e’tiqodli rahbar kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi.
  • O‘quv-tarbiyaviy jarayon hamda tinglovchilarning tajriba  orttirish (stajirovka),  malaka amaliyoti va Magistrlik dissertatsiya ishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
  • O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, tinglovchilar davomati uchun mas’ul hisoblanadi.
  • Tinglovchilarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi.
  • Tinglovchilarni kursdan kursga o‘tkazish, tinglovchilar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va magistrlik dissertatsiya ishlarini himoya qilishga kiritish va akademik ta’til berish to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi.
  • Tinglovchilar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli tinglovchilarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatadi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratadi.
  • Fakultet dekanati o‘quv-uslubiy departament bilan birgalikda mutaxasisslik fanlari bo‘yicha, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ingliz tilini o‘rganish savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etadi.
  • Akademiyaning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan hamkorlikda bitiruvchilar bilan aloqa o‘rnatadi hamda ularning kasbiy kamoloti sifatini tahlil qiladi.
  • Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantiradi.
  • Ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lgan axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish choralarini ko‘radi.
  • Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi.
  • Tinglovchilarning innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish va ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida vazirliklar va boshqa bank-moliya idoralari bilan uzoq muddatli hamkorlik ishlarini olib boradi.
  • Tinglovchilar orasida o‘quv intizomini yaxshilash, ular faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tatbiq qiladi.
  • O‘quv yili davomida o‘tkazilgan fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarning dars berish sifati, notiqlik mahoratini hamda o‘quv mashg‘ulotlari to‘g‘risida tinglovchilar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazilishini tashkil etadi.
  • Fakultet dekanati jamoasi va tinglovchilari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o‘zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantiradi.
  • O‘quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi.
  • Fakultet kafedralari bilan hamkorlikda amaliyotdan mutaxassislarni jalb qilgan holda muammoviy ma’ruzalar tashkil etib boradi.
  • Tinglovchilarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish hisobini yuritadi.
  • Tinglovchilarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib reyting natijalarini tuzib borish va semest yakuni bo‘yicha e’lon berib boradi.
  • Akademiya bitiruvchilariga magistrlik diplomlari va ilovalarini rasmiylashtirilishini ta’minlash va taqdimot marosimlarini tashkil etadi.
  • Ma’naviyat kunlari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirib, ularni tashkil etadi.
  • Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi.
  • Akademiyaning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan hamkorlikda bitiruvchilar bilan aloqa o‘rnatadi hamda ularning kasbiy kamoloti sifatini tahlil qiladi.
  • Fakultetga tegishli bo‘lgan boshqa yuqori rahbariyat topshiriqlari hamda kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
  • Fakultet dekanati jamoasi va tinglovchilari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o‘zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantiradi.