Axborot texnologiyalari markazi
Mamatov Umidjon Djalgashovich - Markaz bosh mutaxassisi
Tel.: +99871 2375011
E-manzil: office@bfa.uz
Abdiraimov Azamat Abdusalom o‘g‘li - Markaz mutaxassisi
Tel.: +99871 2375011
E-manzil: office@bfa.uz
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’limga doir farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning samarali shakllardagi ijrosini, shuningdek har tomonlama komil yuqori malakali yetuk kadrlarni tayyorlashda axborot texnologiyalari sohasi jihatidan yaxlit uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita Akademiyaning Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.
Axborot texnologiyalari markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va nizomlari, Akademiya rektorining buyruqlari, Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektorining ko‘rsatmalari hamda boshqarma Nizomi asosida olib boradi.
Axborot texnologiyalari markazining asosiy vazifalari va funksiyalari