Muvaffaqiyatga erishgan biznes vakilidan mahorat darsi
2024-yil 1-noyabr kuni Bank-moliya akademiyasida “Biznesni samarali boshqarish” mavzusida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir biznesni muvaffaqiyatli boshqarish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan yondashuvlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar biznesda innovatsion va strategik boshqaruv tamoyillarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy fanlar va chet tillari kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda "Milliard Club" brendi asoschisi Alisher Isayev biznes boshqaruvining dolzarb usullari, o‘sishga erishish uchun samarali strategiyalar hamda zamonaviy bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli tadbirkorlik yo‘lini qanday tanlash kerakligi haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdi. Real tajribalardan olingan misollar asosida samaradorlikka erishish va raqobatbardosh bozor talablariga moslashish sir-asrorlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ochiq muloqot jarayonida ishtirokchilar ma’ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.