O‘quv-uslubiy departamenti

O‘quv-uslubiy departamenti

Турсунов Анвар Султонович - Ўқув-услубий департамент раҳбари

tel: +99871 2375291

e-mail: office@bfa.uz 

 

Raxmatov Maxmadrasul Yoʻldoshevich - Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi

tel: +99871 2375291

e-mail: office@bfa.uz 

Satibaldiyeva Nigora Abdumananovna - Oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha mutaxassis

Tel.: +99871 237-52-91

E-mail: office@bfa.uz

Ибрагимова Раънохон Тохтасиновна

Tel.: +99871 237-52-91

E-mail: office@bfa.uz


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasning O‘quv-uslubiy boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasining «Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlimga doir farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosini hamda yuqori malakali yetuk kadrlarni tayyorlashda taʼlimni o‘quv-uslubiy jihatdan yaxlit uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.


O‘quv-uslubiy boshqarma Akademiya rektori va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektoriga bevosita bo‘ysinadi.


O‘quv-uslubiy boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining taʼlimga oid Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining buyruq va nizomlari, Akademiya rektorining buyruqlari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning ko‘rsatmalari hamda boshqarma Nizomi asosida olib boradi.


O‘QUV USLUBIY BOSHQARMANING ASOSIY FUNKSIYASI VA VAZIFALARI:


  1. Boshqarma Akademiyadagi taʼlim jarayonini belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, shu asosda o‘quv jarayoni rejalarini ishlab chiqadi va uni kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini nazorat qiladi;
  2. Magistratura va bakalavriat dekanati, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi, kredit-modul tizimi asosida o‘quv mashg‘ulotlari jadvallarini ishlab chiqadi, ularga qatʼiy amal qilinishini nazorat qiladi;
  3. Uzluksiz ravishda har bir ixtisoslik bo‘yicha o‘quv rejalarni Davlat taʼlim standartlari asosida takomillashtirish va ishlab chiqish ustida ish olib boradi;
  4. Akademiyada tayyorlanadigan ixtisosliklar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan, talabalarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar, yaʼni malakaviy tavsifnomalarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilishini nazorat qiladi;
  5. Mamlakatimizda va xorijning rivojlangan oliy taʼlim muassasalarida qo‘llanilayotgan ilg‘or taʼlim usullari va amaliy tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va amalda qo‘llashga oid tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etadi;
  6. Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalar taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqadi va rejalashtiradi;
  7. Akademiya professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun Akademiya rahbariyatiga taqdim etadi va uni tashkillashtiradi;
  8. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan  rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarning bajarilishini nazorat qilib boradi, o‘quv jarayoniga soatbay asosida jalb etilgan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi;
  9. Magistrlik dissertatsiyalari hamda Bitiruv ishi himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni bajaradi, himoyada ishtirok etadi;
  10.  Kafedra professor-o‘qituvchilarining yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi, qabul qiladi va akademiyaning o‘quv jarayoni bo‘yicha yillik umumiy hisobotni tayyorlaydi va Akademiya Kengashiga taqdim etadi;
  11. Akademiyaning fakultetlari va kafedralari o‘quv jarayonining bir maromda borishini va uning samaradorligini muntazam ravishda nazorat qilib boradi;
  12. Akademiya Kengashi va O‘quv, ilmiy-uslubiy kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
  13. Amaldagi ishchi o‘quv rejalariga kiritilgan yangi fanlarni o‘qitishning uslubiy taʼminotini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralardagi holatini o‘rganib boradi;
  14.  O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan izlanishlar olib borish va ularni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etadi;
  15. Malakaviy amaliyotni tashkil etishga ko‘maklashadi;
  16. Taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida fanlarni o‘qitish axborot-pedagogik texnologiyalari va metodlari keng joriy etilishining holatini o‘rganib borish va bu borada orttirilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtiradi;
  17. Talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etish uslubiyotini ishlab chiqish va ularning tegishli kafedralarda sifatli amalga oshirishiga ko‘maklashadi;
  18. O‘quv-uslubiy jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va amalga oshiridi.