• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Ijtimoiy fanlar va chet tillari kafedrasi

Ijtimoiy fanlar va chet tillari kafedrasi

Ijtimoiy fanlar va chet tillari kafedrasi mudiri: Mirzaaxmedova Maxliyo Yo’ldashevna

Tel.: +998 55 515 54 25

Qabul kunlari: dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha

E-mail: mailto:tsul77777@gmail.com, mailto:shaxnozamq88@gmail,

Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichi “Linguistics” yo‘nalishini tamomlagan. Certificate of foreign language proficiency C1. MBA va MSc yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura tinglovchilariga “Biznes ingliz tili” fanidan dars beradi.

Qiyosiy adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo’nalishida 1 ta monografiya muallifi. Nashr etilgan ilmiy ishlar soni – 24 ta, shundan  Scopus Q 3/4  2 ta, xorijiy va OAK tomonidan e’tirof etilgan mahalliy jurnallarda 15 ta ilmiy maqola va  7 ta tezislar xalqaro va respublika miqiyosidagi konferensiya to‘plamlarida nashr qilingan.

Linguistics, comparative literature, methodology sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan va nufuzli xalqaro jurnallarda 12 ta, mahalliy jurnallarda 10 tadan ortiq maqolalar chop etgan.

KAFEDRA HAQIDA

“Ijtimoiy fanlar va chet tillari” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Business English” fanidan  MBa va MSc yo’nalishidagi talabalarga amaliy darslar olib boradi. Akademiya Kuzatuv kengashining 2023-yil 25-dekabrdagi 5-sonli bayonnomasiga asosan tashkil etilgan.


Kafedraning ilmiy salohiyati:

Asosiy shtat bo‘yicha 50 foiz.


Kafedra professor-o‘qituvchilarining 2025-2026 o‘quv yillariga mo‘ljallangan rejalari:

  • 2 ta o‘quv qo‘llanma;
  • 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma;
  • 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etish;
  • 1 ta disertatsiya himoya.

Kafedrada jami 4 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, jumladan:

1 nafar dots. (asosiy shtatda);

1 nafar PhD, dots. (asosiy shtatda);

2 nafar katta o‘qituvchi (asosiy shtatda).


Kafedra professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot:

Kariyeva Dilafruz Ermatbekovna — “Ijtimoiy fanlar va chet tillari” kafedrasi dotsenti

Magistratura tinglovchilariga MBA va MSc yo‘nalishlarida “Biznes ingliz tili” fanidan dars beradi.

D.E.Karievaning ilmiy-pedagogik va oʼquv-uslubiy ishlaridagi samarali mehnatlarini ijobiy baholab, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Аttestatsiya Komissiyasi tomonidan 13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari boʼyicha dotsent ilmiy unvoni taqdim etildi.

Karieva Dilafruz Ermatbekovna pedagogik faoliyati davomida akademiyada tashkil qilinadigan xorijiy ekspertlar, mutahassislarning taqdimotlari, materiallari va maʼruzalarini sinxron tarjima qilish hamda akademiya veb sayti, turli ijtimoiy tarmoqlarda, veb sahifalarda yoritiladigan barcha maʼlumotlarni ingliz, rus va oʼzbek tillariga muntazam tarjima qilishda faol ishtirok etib kelmoqda. Pedagogik faoliyati davomida Malaysia, Yaponiya, Koreya davlatlarida malaka oshirgan.

D.E.Karievaning shu kunga qadar 1 ta darslik, 3 ta oʼquv qoʼllanma va 22 ga yaqin ilmiy maqola hamda xorijiy va respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarda tezislari nashr etilgan.

E-mail: karievadilafruz@gmail.com


Axmadaliyeva Xosiyatposhsho Abduxayotovna-  dotsent, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).

Magistratura tinglovchilariga “Business English” fanidan dars beradi.. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02 raqamli ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash qoshidagi qo’shma kafedra muhokamasi a’zosi.

Intent Research Scientific Journal- (IRSJ) https://intentresearch.org/index.php/irsj/about/editorialTeam. tahririyati kengashi a'zosi hisoblanadi. Metodika yo’nalishida 2 ta darslik, 2 ta o’quv qo’llanma hamda 1 ta monografiya muallifi. Nashr etilgan ilmiy ishlar soni – 37 ta, shundan  Scopus Q 2  1 ta, xorijiy va OAK tomonidan e’tirof etilgan mahalliy jurnallarda 15 ta ilmiy maqola va 21 ta tezislar xalqaro va respublika miqiyosidagi konferensiya to‘plamlarida nashr qilingan. Britaniya Kengashining CPD va AELLCA loyihalari asosida tashkil etilgan seminar-treyninglarning muntazam qatnashuvchisi.

E-mail: mailto:xosiyatposhshoaxmadaliyeva@gmail.com


Murtazayeva Shaxnoza Kaxromanovna - “Ijtimoiy fanlar va chet tillari” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichining “Linguistics” yo‘nalishini, shuningdek Bank-moliya akademiyasida “Loyiha boshqaruvi” yo‘nalishdagi magistratura dasturini tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 13.00.07- “Ta’lim menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan C1 darajadagi ingliz tili sertifikatiga ega.

 MBA va MSc yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura tinglovchilariga “Biznes ingliz tili” fanidan dars beradi.

Shuningdek, "Ayol by CAU" mikromoliya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Business Management’’ ijtimoiy loyiha dasturi a’zosi va ishtirokchisi. Korea davlatida ta’limda innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni integratsiyalash bo’yicha malaka oshirgan. Akademiyada tashkil qilinadigan xorijiy ekspertlar, mutahassislarning taqdimotlari, materiallari va maʼruzalarini sinxron tarjima qilishda faol ishtirok etib kelmoqda

Sh.Q.Murtazayevaning shu kunga qadar xorijiy va OAK tomonidan e’tirof etilgan mahalliy jurnallarda 17 ta ilmiy maqola va  10 ta tezislar xalqaro va respublika miqiyosidagi konferensiya to‘plamlarida nashr qilingan.

E-mail: shaxnozamq88@gmail.com