Ikkinchi oliy ta'lim
Bugungi kunda Akademiyada Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son “2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari ijrosini ta’minlash, respublikamizning iqtisodiyot, bank-moliya va investitsiya sohalariga salohiyatli kadrlarni tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish va ta’lim qamrovini oshirish maqsadida Akademiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari qabul parametrlari tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan hamda Akademiyaning mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, yangi 2023/2024 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun qabul parametrlari qabul qilindi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun abituriyentlarni qabul qilish quyidagi sohalar bo‘yicha suhbat asosida amalga oshiriladi:
iqtisodiy bilimlar sohasi (O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ularning asosiy yo‘nalishlaridan xabardor bo‘lishi);
siyosiy bilimlar sohasi (O‘zbekistonda davlat boshqaruv tizimi, davlat hokimiyati hamda mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan umumiy xabardorligi);
ma’naviy bilimlar sohasi (qat’iy ma’naviy-axloqiy prinsiplarga ega bo‘lish, muloqot etikasi va tashqi ko‘rinish madaniyatiga rioya etishi);
nomzodning shaxsiy sifatlari, kompetensiyalarini aniqlash sohasi (o‘z fikrini aniq-ravshan, mantiqiy va ijodiy bayon qila olish hamda o‘z fikrini asoslantira olish qobiliyati).
Suhbat komissiyalari o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Suhbat Akademiyada ta’lim beriladigan tilida o‘tkaziladi. Abituriyentlarning suhbatdan o‘tishi majburiy hisoblanadi. Abituriyent auditoriyaga suhbat bo‘yicha komissiya kotibi tomonidan taklif etiladi. Suhbatdan oldin abituriyent pasport (ID-karta) yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni ko‘rsatishi shart.
Suhbat o‘tkaziladigan binoga abituriyent lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, planshet, kompyuter, noutbuk, netbuk, leptop yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari yoxud shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki foydalansa, suhbat davomida savollar biletini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa suhbat o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib suhbatdan chetlashtiriladi. Suhbatdan o‘tish jarayonida abituriyentga zaruriy hollarda qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan suhbat 20 daqiqagacha davom etadi. Suhbat natijalari “O‘tdi” yoki “O‘tmadi” tizimda rasmiylashtiriladi. Suhbatga kelmagan abituriyentga “Kelmadi”, deb rasmiylashtiriladi. Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etish uchun qoida tariqasida video yoki audioyozuv qo‘llaniladi.
Suhbat natijalariga ko‘ra hamda tegishli to‘lovlarni amalga oshirgandan so‘ng Akademiya rektorining Akademiya bakalavriatiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyrug‘i qabul qilinadi.
IKKINCHI MUTAXASISLIK YO’NALISHLARI
№ |
Ta’lim yo‘nalishlari shifri |
Ta’lim yo‘nalishlari nomi |
1 |
60410400 |
Moliya va moliyaviy texnologiyalar |
2 |
60410100 |
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) |
3 |
60410500 |
Bank ishi va auditi |
4 |
60310100 |
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
MAXSUS SIRTQI YO‘NALISHI
№ |
Ta’lim yo‘nalishlari shifri |
Ta’lim yo‘nalishlari nomi |
1 |
60410400 |
Moliya va moliyaviy texnologiyalar |
2 |
60410100 |
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) |
3 |
60410500 |
Bank ishi va auditi |
4 |
60310100 |
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |