Yangiliklar

image

BMA tinglovchilari Malayziyada malaka oshirayapti

Xabar berganimizdek, Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari ayni kunlarda xalqaro amaliyot va treninglarda ishtirok etish uchun Malayziya davlatida bo‘lib turibdi.

Bank-moliya akademiyasi va International Islamic University Malaysia universiteti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan bir guruh tinglovchilar qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etayaptilar.

Malayziya xalqaro Islom universitetida tashkil etilgan “Short-Course in Islamic Banking and Finance (Scibf)” kursida vakillarimiz Islom banki va moliyasi bo‘yicha amaliy tajribani o‘rganmoqdalar. Kurs yakunida ularga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.