O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yili uchun qishki qabul boshlanganini rasman ma’lum qiladi
Qabul quyidagi Master of Science (MSc) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amalga oshiriladi:
✅ 70412204 - Tijorat banklarini boshqarish;
✅ 70412202 - Loyiha boshqaruvi (Project management);
✅ 70412205 - Bank hisobi, auditi va nazorati;
✅ 70410401 - Davlat moliyasi va xalqaro moliya;
✅ 70410402 - Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori (sohalar bo‘yicha).
Akademiyaga 2023/2024 oʻquv yilida magistratura mutaxassisliklari uchun taʼlim shakllari kesimida qishki qabul parametrlari
№ |
Mutaxassislik |
Jami reja |
Shu jumladan |
Ta’lim muddati (kechki/ sirtqi) |
Kontrakt summasi |
|
kechki |
sirtqi |
(mln.so‘mda) |
||||
1. |
70412204 - Tijorat banklarini boshqarish |
95* |
20 |
75 |
14/18 oy |
33,0 mln (Butun o‘qish davri uchun) |
2. |
70412202 - Loyiha boshqaruvi (Project management) |
95** |
20 |
75 |
12/18 oy |
33,0 mln (Butun o‘qish davri uchun) |
3. |
70412205 - Bank hisobi, auditi va nazorati |
95* |
20 |
75 |
14/18 oy |
33,0 mln (Butun o‘qish davri uchun) |
4. |
70410402 - Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori (sohalar bo‘yicha) |
70* |
20 |
50 |
14/18 oy |
33,0 mln (Butun o‘qish davri uchun) |
5. |
70410401 - Davlat moliyasi va xalqaro moliya |
95* |
20 |
75 |
14/18 oy |
33,0 mln (Butun o‘qish davri uchun) |
|
Jami |
450 |
100 |
350 |
|
|
* - Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Kuzatuv kengashining 2023-yil 18-iyuldagi 4-son bayonnomasi 2-ilovasi “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga asosan bakalavriat bo‘yicha faqat iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishini ta’momlagan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin (Bunda 3 yillik ish staji va yuqori turuvchi tashkilot rahbaridan tavsiya xati talab etilmaydi) ;
** - Bakalavriat bo‘yicha turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan barcha nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin (Bunda 3 yillik ish staji va yuqori turuvchi tashkilot rahbaridan tavsiya xati talab etilmaydi).
Hujjatlar https://admission.bfa.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
📞 Bog‘lanish uchun: +998 71 237 53 16
📥 Elektron manzil: qabul@bfa.uz
🗓 Hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 25-yanvargacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Eslatma❗️ Faqatgina Loyiha boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha turdosh bo‘lmagan ta'lim yo‘nalishini tamomlagan talabgorlar hujjat topshirishi mumkin. Qolgan barcha mutaxassisliklarga bakalavriatning iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishini tamomlagan nomzodlar topshirishlari mumkin.