• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Malayziyaga tashrif doirasida muhim uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Xabar berganimizdek, Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Mazkur tashrif doirasida vakillarimiz Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.

5-fevral kuniga belgilangan tashrif dasturiga muvofiq, dastavval Universiti Sultan Zainal Abidin (UniSZA) rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar chog‘ida ikkala muassasa o‘rtasida akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish borasida ham o‘zaro fikr almashdilar.

Shundan so‘ng, vakillarimiz Malayziyaning yetakchi universitetlaridan biri – Malaya universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar ustida ishlash va oliy ta’lim jarayonlarida zamonaviy innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Bank-moliya akademiyasi vakillari Malayziyaning yetakchi universitetlari bilan o‘rnatilayotgan aloqalar nafaqat ilmiy-tadqiqot sohasida, balki ta’lim jarayonlarini xalqaro miqyosda takomillashtirish va akademik integratsiyani chuqurlashtirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

Malayziya universitetlari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik, ayniqsa, raqamli moliya, innovatsion iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohalaridagi ilmiy tadqiqotlar va o‘quv dasturlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Tashrif davom etmoqda va delegatsiya kelgusi kunlarda Malayziyaning boshqa oliy ta’lim va ilmiy markazlari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.