• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Akademiya bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida "Master of Business Administration", “Loyiha boshqaruvi”, “Soliqlar va soliqqa tortish” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olgan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

Tadbirda Akademiya rektori Elmurod Hoshimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nodirbek Tilavoldiyev, "O‘zmilliybank" AJning Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari – boshqarma boshlig‘i Raxmon Raxmanov va boshqalar so‘zga chiqib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladilar va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladilar.

Diplom topshirish marosimida o‘quv jarayonlarida faol ishtirok etgan va magistrlik dissertatsiyasi himoyasini muvaffaqiyatli topshirgan eng iqtidorli bitiruvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.