Nazariy bilimlar amaliy ko‘nikmalar bilan boyitildi
Bank ishi kafedrasi hamda Ishlab chiqarish munosabatlari va stajirovkalar bo‘limi tomonidan “UzAuto Motors Powertrain” AJda tinglovchilar uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Tashrif davomida tinglovchilar ma’lumotlarni tizimlashtirish va qayta ishlash, boshqaruv muammolarini hal qilishda marketing usullaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Tinglovchilarda rejalashtirishdan oldingi tahlil samaradorligi faoliyatida ishlayotgan xodimlarning amaliy ish jarayonlari ko‘proq qiziqish uyg‘otdi. Ular amaliyotchi mutaxassislarga korxonada tahlil samaradorligini oshirish yuzasidan savollar berib, o‘zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.