Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i, PhD Otabek Barakayev ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda ma’ruzachi tomonidan “O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi tizimini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiqlashtirish” mavzusi bo‘yicha taqdimot amalga oshirildi. Unda buxgalteriya hisobi sohasidagi asosiy masalalar va ularning kelgusi yo‘nalishlari, moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini joriy qilish asoslari, professional buxgalterning xalqaro odob-axloq kodeksi (Code of Ethics for Professional Accountants) haqida amaliy tajriba keng ochib berildi.
Tinglovchilarda mazkur mahorat darsi katta taassurot qoldirdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan keng ma’lumot oldilar.