Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga
2023/2024-o‘quv yili uchun Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2024-yilning 25-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Nomzodlardan shu kuni birinchi smenada soat 08:00 va ikkinchi smendada 14:00 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan Chilonzor tumani Islom Karimov ko‘chasi 49-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-sonli o‘quv binosiga (kirish Muqimiy teatri tomonidan) yetib kelishlari so‘raladi.
Quyidagi havolalar orqali smenalar va guruhlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi:
👉 1-smenada keluvchilar ro‘yxati; 👈
👉 2-smenada keluvchilar ro‘yxati. 👈
Eslatma❗️ Testga qatnashadigan har bir talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID) bilan soat 08:00 va 14:00 da kelishlari talab etiladi.