Yaponiyalik moliyaviy maslahatchidan mahorat darsi
Bugun, 6-fevral kuni Bank-moliya akademiyasida “Kompaniya qiymati" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Unda JICA tashkiloti vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va tinglovchilar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi mavzu bo'yicha O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi moliyaviy maslahatchisi, Mitsubishi UFJ Bank, Ltd sobiq menejeri Kenichi YAMANA taqdimot qildi.
Erkin muloqot tarzida o‘tgan mahorat darsi davomida ishtirokchilar jahonning yetakchi banklarida katta tajriba to‘plagan va xalqaro moliya muassasalari boshqaruv jarayonlarida muvaffaqqiyatli ishtirok etgan yaponiyalik mutaxassisdan innovatsion yondashuvlarga asoslangan qimmatli bilimlarni o‘rgandilar.