Yangiliklar

image

Akademiya korrupsiyaviy holatlarga mutlaqo murosasiz munosabatda

Bugun, 2- fevral kuni professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida 2023/2024 o‘quv yili uchun qishki qabul jarayonlarini tashkil etish, test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023-2024 o‘quv yili Qishki qabuli bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari qabul jarayonlarini shaffof va belgilangan nizom qoidalariga rioya etgan holda tashkil etish hamda Akademiya bo‘linma rahbarlari va xodimlar o‘rtasida nojo‘ya xatti-harakatlarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasizlik bilan munosabatda bo‘lish, suiiste’molchilik, poraxo‘rlik, ta’magirlik holatlariga qarshi qat’iyatlilik bilan kurashish masalalari muhokama qilindi. Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglandi.

Agarda Akademiya faoliyatida poraxo‘rlik, ta’magirlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish hamda korrupsion holatlar sodir bo‘layotganiga duch kelsangiz https://t.me/BFA_antikor_bot orqali xabar berishingizni so‘raymiz.