Yangiliklar

image

Zamonaviy bilim hamda malakaga ega mutaxassislar tayyorlashdagi sifat ko‘rsatkichlariga erishish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi, Handong global universiteti, UNESCO/UNITWIN dasturi bilan hamkorlikda “Research Colloquium — 2024” nomli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Dastavval tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda hamkorlikda zamonaviy bilim hamda malakaga ega kadrlarni tayyorlashdagi rivojlanish tendensiyalari muhokama qilindi. Unda ilg‘or xalqaro tajribalar va bilimlarni puxta o‘zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlash borasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarining yangi yo‘nalishlari bo‘yicha aniq kelishuvlar belgilab olindi. Xalqaro talablarga javob beradigan malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan faoliyatning samaradorligini ta’minlashga doir takliflar ilgari surildi. Birgalikdagi faoliyatda har ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim tizimini uyg‘unlikda ravnaq toptirishga qaratilgan iliq munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar va amaliy chora-tadbirlar bo‘yicha fikr almashildi.

Shundan so‘ng, har ikki davlat olimlari, ekspertlari ishtirokida qo‘shma seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi. Unda Islom moliya institutlarida moliyaviy injiniring va mahsulot ishlab chiqishga ta’sir etuvchi omillar, raqobatning O‘zbekiston bank landshaftiga ta’sirini baholash, mahsuldorlik indeksidan foydalanish masalalari ilmiy tadqiqotlar natijalari ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.