Yangiliklar

image

Xalqaro ilmiy anjumanga taklif etamiz

2023-yil 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan “Moliya tizimini raqamli texnologiyalar yordamida transformatsiya qilish: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Anjuman ishida oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, doktorant va tayanch doktorantlar, magistrantlar, bank-moliya va iqtisodiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiyada ishtirok etish uchun ma’ruza tezislari seksiya yo‘nalishlarida ko‘rsatilgan muammolar doirasida o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi, tezislar to‘plam shaklida nashr ettiriladi, mualliflarga elektron PDF shaklda beriladi.

Tezislar faqat elektron shaklda ushbu telegram bot — https://t.me/BMA_qabul_bot orqali qabul qilinadi.

Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalar ish olib borishi ko‘zda tutilgan:

1-seksiya. Bank sektorini raqamli transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalari.

2-seksiya. Moliya tizimini raqamlashtirishning asosiy tendensiyalari va ustuvor yo‘nalishlari.

3-seksiya. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sug‘urta va pensiyaning dolzarb masalalari va ularni hal qilish yo‘nalishlari.

4-seksiya. Raqamli dunyoda moliya bozori jozibadorligi va samarali korporativ boshqaruv muammolari.

5-seksiya. Raqamli texnologiyalar yordamida buxgalteriya hisobi, tahlil va audit sohasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uslubiyoti.

6-seksiya. Soliq tizimini raqamli texnologiyalar yordamida transformatsiya qilish

7-seksiya. Raqamli asrda islomiy moliya: an’ana va texnologiyalarni muvozanatlash.

Ilmiy tezislar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

Tezis matni 1000-1200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi, 1,0 intervalda (chapdan 3 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm), kompyuterning Microsoft Word muharririning Times New Roman shriftda 14 kegelda yozilishi lozim. Tezisning sarlavhasi bosh harflarda, undan 2 intervaldan so‘ng muallifning ismi va familiyasi to‘liq, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi, ish joyi (korxona, bo‘lim, kafedra nomi, telefon raqamlari) va egallagan lavozimi keltiriladi. Tezislarda manbalarga havola (snoska)lar ko‘rsatilishi shart.

Tezislar fayli ular mos bo‘lgan seksiya raqami va muallif familiyasi ko‘rsatilgan holda nomlanishi shart (Masalan: 2.Familiya I.O.).

Ilmiy tezislar joriy yilning 15-noyabr kuniga qadar yuqorida ko‘rsatilgan telegram boti orqali qabul qilinadi. Tahrirchilar tomonidan nashrga tavsiya etilgan ilmiy-tezislar PDF shakldagi to‘plam tarkibiga kiritiladi.

Yuqoridagi talablarga javob bermagan ilmiy-tezislar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Movarounnahr ko‘chasi, 16-uy.