Yangiliklar

image

Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Qozon federal universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturining magistratura mutaxassisliklarida tahsil olgan tinglovchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bitiruv marosimi avvalida Akademiya rektori Elmurod Hoshimov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni yangi hayot sari qadam qo‘yayotgani bilan samimiy muborakbod etdi va ularning kelgusi mehnat faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Qo‘shma dastur bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining “Davlat moliyasi va xalqaro moliya” magistratura mutaxassisligi hamda Qozon federal universitetining “Moliya va kredit” magistratura mutaxassisligini shahodatlovchi diplomlar berildi.

Tadbirda bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek ustozlarga ham minnatdorlik izhor etildi. So‘ngra har bir talabaga tantanali ravishda diplom topshirildi.