• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Yashil iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha kurslar tashkil etiladi

Bu haqda Bank-moliya akademiyasi rahbariyati hamda Frankfurt moliya va menejment maktabining Xalqaro konsalting xizmatlari direktori Fatma Dirkes bilan bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda ma’lum qilindi.

Muloqot davomida Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov Akademiya faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari xususida ma’lumot berib o‘tdi. Akademiyaning xalqaro hamkorligi doirasida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini kengaytirish, malakali pedagoglar tarkibini shakllantirish va pirovardida O‘zbekistonda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga ko‘mak beradigan mutaxassislar tayyorlash maqsadlarini ochib berdi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar jarayonida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan Akademiyaga akkreditatsiya bo‘yicha konsultatsiya berish, Akademiya tinglovchilari hamda professor- o‘qituvchilari uchun Frankfurtda yashil moliyalashtirish, raqamli transformatsiya va boshqa dolzarb mavzularda yozgi maktab tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Frankfurt moliya va menejment maktabining masofaviy o‘quv dasturlaridan akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ham foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan erishilgan kelishuvlarni o‘zaro anglashuv memorandumi orqali mustahkamlab qo‘yishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun. Frankfurt School of Finance & Management 1957 yilda tashkil etilgan bo‘lib, moliya va menejment o‘quv dasturlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi biznes ta’lim maskani hisoblanadi (QS ning dunyodagi universitetlarning MBA dasturi bo‘yicha reytingida 44-o‘rin). Ta’lim bozorida bakalavr, magistratura, MBA, uzluksiz kasbiy rivojlanish va doktorlik dasturlarini taklif etib keladi.