Latviyaning Liapaya universiteti bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy loyihalar amalga oshiriladi
Bu borada, Liapaya universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Patrik Morevsning O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tashrifi doirasida kelishib olindi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda dastlab tomonlar o‘z oliy ta’lim muassasasi, o‘quv jarayonlari va halqaro aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdilar. Shundan so‘ng ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinib, manfaatli takliflar ko‘rib chiqdilar.
Akademiyaning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.b. Shavkat Husainov Yevropa universitetlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengayib borayotganini qayd etib, Liapaya universiteti bilan amalga oshiriladigan loyihalar o‘zining ijobiy samarasini berishini aytib o‘tdi.
Muzokaralar davomida Akademiya va Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda Eramus+ loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish yuzasidan ham fikrlar almashildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning qisqa hamda uzoq muddatli almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yozgi maktablar faoliyatini tashkil etish, birgalikda ilmiy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, xaqaro konferensiyalar tashkil etishga kelishib olindi.