Yangiliklar

image

Turkiya sherikchilik asosidagi banklar assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Unga ko‘ra tomonlar O‘zbekistonda bank va moliya sektorini rivojlantirish bo‘yicha umumiy manfaatlar yo‘lida hamkorlik qiladilar. Jumladan, kelishuvga asosan O‘zbekistonda bank sohasining o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida bilim va tajriba almashish boʻyicha hamkorlik qiladilar. Birgalikda bank va moliya sohasidagi islohotlar bilan bog‘liq umumiy platformalar, sammitlar, forumlar, konferensiyalar, seminarlar, vebinarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etiiladi. Mazkur kelishuv qo‘shma treninglar va tajriba almashinuv dasturlari hamda salohiyatni oshirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish, ma’lumotlar va ilg‘or tajribalar almashuvini osonlashtiradi.

TKBB va BFA o‘rtasidagi hamkorlik ilg‘or tajriba almashish orqali bank-sherikchilik sohasini rivojlantirishni rag‘batlantirish, bozor ehtiyojlariga javob beradigan yangi moliya xizmatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Har ikkala tomon xodimlariga, bank sohasida malaka oshirish uchun yuqori sifatli trening va ta’lim beradi. Bu o‘z navbatida tijorat banklarini rivojlantirish, dinamik va raqobatbardosh moliyaviy ekotizimlarni yaratish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar orqali ikkala mamlakatda iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun. Turkiya sherikchilik asosidagi banklar assotsiatsiyasi (TKBB) Turkiyada sherikchilik bank faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlaydi, sektorning bozor ulushini oshirishga hissa qo‘shadi, professional tamoyillar va standartlarni ishlab chiqadi, ishtirokchi banklarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladi, jamoatchilik xabardorligini oshirish va mahalliy va xalqaro miqyosida sherikchilik bank faoliyatini tushunish uchun keng o‘quv dasturlarni olib boradi.