• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Xalqaro darajadagi mutaxassisdan mahorat darsi

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida O'zbekiston milliy banki Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi hamda Yevropa biznes assotsiatsiyasi boshqaruv kengashi a’zosi, ushbu assotsiatsiyaning Moliya-investitsiya qo‘mitasi raisi Lawson Stuart Max tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

Unda “Yetakchilik va inqirozga qarshi boshqaruv ko‘nikmalari va xususiyatlari” mavzusi xalqaro amaliyot asosida yoritib berildi. Ma’ruzachi tomonidan qayd etib o‘tildiki, yangi g‘oyalarni kashf qilish faqatgina ish ustida keladi, shuning uchun ham tinglovchilar o‘z amaliyotiga sidqidildan yondashishi lozim.

Shuningdek, mahorat darsi davomida zamonaviy adabiyotlar va dunyo tajribasini o‘rganish, chet tillarini bilish insonda yangi g‘oyalarning shakllanishiga, fikrlash doirasining kengayishiga sabab bo‘lishi aytib o‘tildi.

— "O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi o‘tmish va hozirgi kunda ham o‘zining jozibadorligi, yangiliklarni tezkorlik bilan qabul qilishi bilan ajralib turibdi, O‘zbekistonning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadigan innovatsion g‘oya va fikrlar Akademiya tinglovchilari tomonidan yaratilishiga ishonaman" deydi britaniyalik mutaxassis Lawson Stuart.   

Mahorat darsi yakunida tinglovchilarlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.