American Councils bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi (American Councils for International education) prezdenti va ijrochi direktori Dr. David P. Patton amaliy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga keldi.
Dastavval, amerikalik olim Akademiya rektori Elmurod Hoshimov, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan Akademiya kordinatori Ulug‘bek Atamuratov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev hamrohligida Bank-moliya akademiyasi faoliyati va o‘quv jarayonlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, tomonlar Bank-moliya akademiyasi va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi o‘rtasida potensial hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan birgalikda virtual almashinuv dasturlarini yaratish, madaniy tadbirlar tashkil etish, ingliz tilini o‘rgatish, kasbiy rivojlanish, ta’lim va xalqaro hamjihatlikni rivojlantirishga doir masalalarni muhokama qildilar.