Yangiliklar

image

Ichki audit sohasida xalqaro standartlar

Bank-moliya akademiyasida “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ hamda “Gazprombank” AJ bilan hamkorlikda tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Ichki audit bo‘limi faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdagi kurs mashg‘ulotlarida Akademiya professor-o‘qituvchilari, tinglovchilar va bank sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar-treninglarda ishtirokchilarga tijorat banklarda ichki audit faoliyatida xalqaro standartlarni qo‘llash, ichki audit ishini tashkil etish, Rossiyada korporativ boshqaruvning rivojlanish tajribasi, xavflarni boshqarishning ichki auditi, audit dasturini tuzish, axborot texnologiyalari va ichki auditni avtomatlashtirish sohadagi ichki audit bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlar tanishtirildi.

Ta’kidlandiki, bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazib borilishi ichki audit va umuman moliya sektorini tashkil etishning muhim masalalarini yoritish, tajriba almashishga xizmat qiladi.