• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Assalomu alaykum, hurmatli professor-o‘qituvchilar, qadrli jamoamiz a’zolari va aziz tinglovchilar!

Siz va sizning timsolingizda butun xalqimizni go‘zal diyorimizga qutlug‘ qadamlar ila kirib kelgan fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr-oqibat ayyomi — Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans paydevorini qo‘yishdek, ulkan maqsadlar va mas’uliyatli vazifalar bilan yashamoqdamiz. Albatta, butun xalqimiz qatori sizlar ham ushbu jarayonlarda faol ishtirok etmoqdasiz. Ushbu yo‘lda sizlarga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, baxtu saodat va ulkan yutuqlar tilayman.

Bahorning tabarruk ayyomi Sizga, oilangizga va har bir xonadonga tinchlik, osoyishtalik, risq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin!

Samimiy ehtirom bilan,

Elmurod HOSHIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori