• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Ayova shtati universiteti bilan hamkorlikda mahorat darsi tashkil etildi

Bugungi kunda Bank-moliya akademiyasi ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishga qaratilgan xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirib bormoqda. Jumladan, zamonaviy xalqaro standartlar asosida ta’lim berish maqsadida akademik jarayonlarga xalqaro darajadagi ekspertlar va olimlar jalb qilinayapti.

Ana shunday xalqaro hamkorlik aloqalarining natijasida AQSHning Iowa State University bilan Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari uchun online mahorat darsi tashkil etildi. Unda “Communication Excellence for Managers” mavzusi bo‘yicha xalqaro amaliyot va nazariya haqida keng ma’lumotlar berildi.

Ayova shtati universitetining Ingliz tilini o‘rganish kafedrasi dotsenti, PhD Tina A. Coffelt tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsida, shuningdek samarali boshqaruv aloqasining ahamiyati va nima uchun uni rivojlantirish muhimligi haqida keng tushunchalar yetkazildi.