• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Italiya universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Bank-moliya akademiyasi rasmiylari va Kalabriya O‘rta Yer dengizi tadqiqotlari universiteti ilmiy tadqiqotchisi Bruno Antonio Pansera Reggio o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari uchun Kalabriya O‘rta Yer dengizi tadqiqotlari universitetida yozgi o‘quv kurslarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quv jarayoniga italiyalik professor-o‘qituvchilarni jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida muzokaralar jarayonida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan hamkorlikdagi vazifalar kelishib olindi.