Dissertatsiya ishi ijobiy baholandi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda dastlab, Toshkent moliya instituti mustaqil izlanuvchi Baxriddinov Sharofiddinning 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Tijorat banklarida aktivlarni samarali boshqarish yo‘llari” mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengash tomonidan Baxriddinov Sharofiddinning 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.
Shuningdek majlisda, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Gulyamova Anora Latipovnaning 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Bank faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsiyalardan foydalanishni takomillashtirish” mavzusidagi hamda Toshkent moliya instituti mustaqil izlanuvchisi Sultonmurodov Bobir Bahodirovichning 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tijorat banklarining korporativ mijozlariga kredit berish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyalari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini ilmiy kengashda himoyaga qabul qilish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqildi.