E'lon
Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Islom moliyasi va banki” mavzusidagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
Ertaga, 4-noyabr kuni Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasining Maslahat-xizmat bo'limi bosh mutaxassisi, MDH davlatlari bo'yicha loyiha menejeri Muzaffar Nizamiddinov tomonidan mahorat darsi tashkil etiladi.
Mavzu: "Tijorat banklarida islomiy darcha ochish".
Boshlanish vaqti: soat 10:40
Seminar-trening Bank-Moliya akademiyasining rasmiy Instagram va Telegram kanallari orqali jonli efirda translyatsiya qilinadi.