Bank-moliya akademiyasida malakaviy imtihonni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Bank-moliya akademiyasida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihonni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4958-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 239/6-sonli qarori (Adliya vazirligida 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqami bilan roʻyxatga olingan) ijrosini taʼminlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. Belgilangan tartibda rasmiy xat (yoki ariza) bilan murojaat qilgan va roʻyxati 1-ilovada keltirilgan tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarga 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihon topshirishga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 30-sentabrdagi 325/4-sonli qaroriga muvofiq tarkibi 2-ilovada tasdiqlangan komissiya tomonidan 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihon oʻtkazilsin.
3. Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Sh.Q.Xannayev hamda komissiya raisi va aʼzolariga 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihonni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 30-sentabrdagi 325/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan dastur asosida tashkil etish va uni Nizom talablariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
4. Malakaviy imtihon 2022-yil 9- noyabr kuni soat 15:00 da Akademiya binosining 9-xonasida oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Sh.Q.Xannayev zimmasiga:
5.1. Malakaviy imtihon oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin malakaviy imtihonni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va malakaviy imtihon oʻtkazilgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida malakaviy imtihonni oʻtkazish natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish;
5.2. Malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarga oʻn kun muddatda “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning ilovasidagi shakl asosida guvohnomalar tayyorlab, ularni talabgorlarga oʻrnatilgan tartibda topshirish ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi matbuot kotibi A.Sh.Qoʻshbaqov “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom”ning 10-bandiga muvofiq ushbu buyruq imzolangandan soʻng uni bir ish kuni ichida Akademiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
7. Devonxona mudiri R.T.Ibragimova mazkur buyruqni 1 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi va ijrochilarga yetkazilishini taʼminlasin.
8. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Sh.Q.Xannayev zimmasiga yuklatilsin.
Bank-moliya akademiyasi rektorining
2022-yil “___” ________ dagi __ — sonli buyrugʻiga
1-ilova
Bank-moliya akademiyasida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlar roʻyxati
№ |
FISh |
Talabgorning ish joyi va lavozimi |
1. |
Akbarov Husniddin Moʻysin oʻgʻli |
Bank-moliya akademiyasi tayanch doktoranti |
2. |
Akramov Farxod Artikbayevich |
Bank-moliya akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi |
3. |
Ishmanova Diana Nurmamadovna |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi |
4. |
Normuradov Xamidulla Muradullaevich |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi |
5. |
Ernazarov Nuriddin Elamonovich |
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti |
6. |
Xoliqov Hamidulla Vaydulla oʻgʻli |
Toshkent moliya instituti mustaqil tadqiqotchisi |
7. |
Axmedova Hilola Odiljonovna |
Bank-moliya akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi |
8. |
Salaev Rasul Shavkatovich |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi |
Bank-moliya akademiyasida 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlar roʻyxati
№ |
FISh |
Talabgorning ish joyi va lavozimi |
1. |
Kadirov Saxobiddin Sharofovich |
Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti |
2. |
Ergashev Sarvar Xudoynazarovich |
Bank moliya akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi |
3. |
Mamatov Ilxom Abdievich |
Toshkent moliya instituti mustaqil tadqiqotchisi |
Oʻzbekiston Respublikasi
Bank-moliya akademiyasi rektorining
2022-yil “___” ________ dagi __ — sonli buyrugʻiga
2-ilova
08.00.07-Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihon komissiyasi tarkibi
№ |
F.I.O |
Ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, ixtisoslik shifri |
1. |
Jumayev Nodir Xosiyatovich (rais) |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori maslahatchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
2. |
Elmirzayev Samariddin Eshkuvatovich (rais oʻrinbosari) |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
3. |
Absalomov Akrom Tolliboyevich (kotib) |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori |
4. |
Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
5. |
Ataniyazov Jasur Hamidovich |
Toshkent moliya instituti kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
6. |
Xusanov Durbek Nishonovich |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent |
7. |
Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent |
08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihon komissiyasi tarkibi
№ |
F.I.O |
Ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, ixtisoslik shifri |
1. |
Rizayev Nurbek Kadirovich (rais) |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
2. |
Usanov Absalom XXX (rais oʻrinbosari) |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent |
3. |
Ibragimov Abdugapur Karimovich (kotib) |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi kafedra professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
4. |
Dustmuradov Radjapbay Davlatbayevich |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, kafedra professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
5. |
Mamatqulov Murodjon Shukurovich |
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kafedra dotsenti, i.f.d. |
6. |
Avlokulov Anvar Ziyadullayevich |
Toshkent moliya instituti, kafedra professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
7. |
Ochilov Ilyos Keldiyorovich |
Toshkent moliya instituti, kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent |