• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

E‘LONLAR VA TADBIRLAR

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 2023-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga qabul e'lon qiladi


O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) quyidagi ixtisosliklar bo'yicha amalga oshiriladi:

Tayanch doktoranturaga

08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”                      5 ta o'rin

08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”       1 ta o'rin

Doktoranturaga

08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”                      1 ta o'rin

Mustaqil izlanuvchilikka

08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”                     

08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga kirish uchun zarur hujjatlar ro'yxati

Tayanch doktoranturaga (PhD)  o'qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:

1. Akademiya direktori nomiga ariza;

2. Qisqacha biografik ma'lumotnoma (obyektivka);

3. Oliy o'quv yurti diplomi yoki magistrlik diplom nusxasi;

4. Mehnat daftarchasining o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati va ularning ko'chirma nusxalari (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta maqola va ilmiy to'plamlarda kamida 2 ta tezis bo'lishi shart);

6. Rasm 4 dona (3x4);

7. Pasport nusxasi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Doktoranturaga (DSc) o'qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:

1. Akademiya direktori nomiga ariza;

2. Qisqacha biografik ma'lumotnoma (obyektivka);

3. Oliy ma'lumoti to'g'risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;

4. Mehnat daftarchasining o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi

5. Rasm 4 dona (3x4);

6. Pasport nusxasi.

7. Tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy ma'ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaning batafsil reja loyihasi;

8. Nashr etilgan ilmiy ishlar va ularning ko'chirma nusxalari (falsafa doktori ilmiy darajasini olgandan keyingi davrda ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 3 ta ilmiy maqola va ilmiy ishlar to'plamlarida tegishli yo'nalishda kamida 2 tezis).

O'qishning kunduzgi shakli – tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga ommaviy axborot vositalarida qabul to'g'risida e'lon berilgandan so'ng (1-sentyabrda) hujjatlar 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlar phd.mininnovation.uz saytining yagona elektron tizimi orqali ro'yxatdan o'tgandan so‘ng barcha hujjatlarini elektron (pdf) shaklda tizimga yuklashlari kerak. Amaldagi talablarga javob bergan hujjatlar Akademiya ma'sul xodimi tomonidan qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining qabul komissiyasi tomonidan qonunchilikda o'rnatilgan tartibda tashkil etiladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturaga (PhD) o'qishga kirish quyidagi imtihonlar natijalari bo'yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.

1.Mutaxassislik bo'yicha:

  • “Moliya, pul muomalasi va kredit”
  • “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.

2.Chet tili

Talabgorlarda malaka sertifikati IELTS (o'rtacha bali 5,5 dan kam bo'lmagan, TOEFUL (PBT) (87 balldan kam bo'lmagan) va  CEER (V2 darajasidan kam bo'lmagan) mavjud bo'lgan hollarda ular chet tili bo'yicha  imtihon topshirishdan ozod etiladilar.

Doktoranturaga o'qishga kirish taqdimot natijalari bo'yicha amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun taqdimot 1-noyabrdan 25-noyabrga qadar o'tkaziladi.

30-noyabrga qadar bo'lgan muddatda Qabul komissiyasi tayanch doktorantura va doktoranturaga kiruvchi nomzodlar tanlovini amalga oshiradi.

Kirish imtihonlari natijalari Qabul komissiyasining yig'ilish bayoni bilan rasmiylashtiriladi va 5 kunlik muddat ichida Ilmiy kengashga tasdiqlash uchun kiritiladi. Qabul 5-dekabrga qadar rahbariyat buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga o'qish 2023-yilning 1-yanvaridan boshlanadi.

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga qabul qilinadigan talabgorlarning tayanch mutaxassisligi oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutidagi ixtisoslik tegishli bo'lgan fan tarmog'iga muvofiq bo'lishi kerak.

Mutaxassisliklar muvofiq bo'lmaganda dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish masalalari Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

Tayanch doktoranturaga qabul qilishda bir nechta talabgorlar bir xil ballarga ega bo'lgan holda quyidagilar imtiyozli tanlov huquqlariga ega bo'ladilar:

-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi egalari;

- magistraturani imtiyozli diplom bilan tugatganlar;

- mualliflik guvohnomalari va patentlari mavjud bo'lganlar.

Doktoranturaga (DSc)  kirishda imtiyozga ega talabgorlar:

-5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo'lganlar;

-mualliflik guvohnomalari va patentlarga ega bo'lganlar;

-nashr etilgan monografiyalari mavjud, shu jumladan O'zR OAK talablari asosida chet elda ilmiy maqolalari chop etilgan;

-ilmiy ishining 50 foizidan ortig'i yozilgan.

 Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish

Mustaqil izlanuvchilikning (PhD) va (DSc) sirtqi o'quv shakliga hujjatlar quyidagi davrlarda yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi:

  • 15-yanvardan 15-fevralga qadar (2-chorak uchun);
  • 15-apreldan 15-mayga qadar (3-chorak uchun);
  • 15-iyuldan 15-avgustga qadar (4-chorak uchun);
  • 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar (1-chorak uchun).

Ishdan ajralmagan holda ilmiy ish (mustaqil izlanuvchilik) bilan shug'ullanadiganlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari zarur:

1.Ma'lumotnoma-obyektivka;

2.Magistrlik diplomi nusxasi (mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha).

  • Oliy ma'lumoti to'g'risidagi diplom nusxasi – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun;

3. Mehnat daftarchasining o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

4. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati va ularning ko'chirma nusxalari ((PhD) kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis  nusxalari) ((DSc) 3 ta maqola va 2 ta tezis  nusxalari);

5. Fan doktori ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka rasmiylashtirish uchun oliy ma'lumoti to'g'risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;

6. Ish joyidan tavsifnoma.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish Qabul komissiyasining suhbat va uning natijalari asosida har chorak oxirida mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish to'g'risidagi qarorlari bilan amalga oshiriladi:

  • 16-fevraldan 5-martga qadar;
  • 16-maydan 5-iyunga qadar;
  • 16-avgustdan 5-sentyabrga qadar;
  • 16-noyabrdan 5-dekabrga qadar.