Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi
Unda Bank-moliya akademiyasining 9 nafar talabasi o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlarini taqdimot ko‘rinishida komissiya hay’ati oldida himoya qildilar. “Tijorat banklarida islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatishning tashkiliy va nazariy asoslari”, “Tijorat banklarining xalqaro moliya bozorlarga integratsiyasini jadallashtirish yo‘nalishlari”, “O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lov vositalarini takomillashtirish” kabi mavzularda amalga oshirilgan tadqiqot ishlari o‘zining dolzarbligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda Bank-moliya akademiyasi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya sektori uchun malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bo‘lib o‘tgan bitiruv malakaviy ishi himoyasida ish beruvchi tashkilotlari vakillarining ishtirok etishi belgilangan maqsadlarga erishishda muhim omillardan biri bo‘ldi.
Bitiruv himoyasi tadbiri so‘ngida bunday hamkorlik malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha belgilab olingan vazifalarni samarali amalga oshirishga imkoniyat yaratishi aytib o‘tildi.